AQSHning 8 shtati bolalarga zarar yetkazgani uchun “ChatGPT” bilan sudlashadi
Ayova shtati bosh prokurori Brenna Byord “OpenAI”ga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi va kompaniyani bolalarga zarar yetkazish, ota-onalarni aldash va iste’molchilarni firibgarlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni buzishda aybladi.
Aydaxo, Arizona, Arkanzas, G‘arbiy Virjiniya, Kanzas, Montana va Nebraska shtatlarida ham xuddi shunday ish qo‘zg‘atilgan.
– “OpenAI” bolalarga zarar yetkazyapti, Ayova shtati aholisiga yolg‘on gapiryapti, “ChatGPT” xavfsiz ekanini da’vo qilyapti, – dedi Byord. – Shu bilan birga xavfli tibbiy maslahat berib, odamlarni boshqalarga zarar yetkazishga undayapti, o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha ko‘rsatma beryapti – bularning barini soxta do‘st bajaryapti. Bizning da’vo bolalarimizni himoya qilish, “OpenAI” tuzilmasini shtat qonuniga muvofiq javobgarlikka tortishga qaratilgan.
Qonun himoyachisi kompaniya oldiga qonunga rioya qilish, da’vogar zararli hisoblagan amaliyotni to‘xtatish, jamoa harakati ta’siriga tushgani da’vo qilingan aholi huquqini tiklash talabini qo‘ygan.
S.Rahimov, O‘zA