AQSHdagi mashg‘ulotlar qizg‘in davom etmoqda (+video)
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
28-may kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda futbolchilarimiz ancha intensiv tarzda shug‘ullanayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, kechagi mashg‘ulotlarda terma jamoamiz yarim himoyachisi Sherzod Esanov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun, terma jamoamiz 2-iyun kuni tongda Kanadaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 06:00 da start oladi. O‘yin Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etiladi.
<iframe width="815" height="446" src="https://www.youtube.com/embed/zvHmWJWgncI" title="AQShdagi mashg`ulotlar qizg`in davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, O‘zA