AQSHda tornado qurbonlari soni oshmoqda
WBRC telekanali xabariga koʻra, AQSHning Alabama shtatida yakshanba kuni tushdan keyin sodir boʻlgan kuchli tornado 23 kishini hayotdan olib ketgan
WBRC telekanali xabariga koʻra, AQSHning Alabama shtatida yakshanba kuni tushdan keyin sodir boʻlgan kuchli tornado 23 kishini hayotdan olib ketgan.
Avvalroq, tornado qurbonlar soni 14 nafarligi, 40 kishi jabrlangani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, favqulodda hodisada qurbonlar soni yana ortishi mumkin. Bedarak yoʻqolganlar haqida maʼlumotlar kelib tushmoqda.
Hozirda Alabama shtatida favqulodda holat tartibi eʼlon qilingan.