AQSH viza berishni vaqtincha to‘xtatdi
Donald Tramp ma’muriyati tomonidan immigratsiya nazoratini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqish vaqtincha cheklandi.
“Reuters” agentligi Davlat departamenti vakiliga tayanib ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab barcha Amerika elchixonalari va konsulliklarida keng qamrovli o‘quv mashg‘uloti boshlangan. Shu munosabat bilan konsullik xizmati ko‘rsatish jadvaliga tegishli o‘zgarish kiritilgan. Ushbu cheklov trening yakunlangunga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror deportatsiya jarayonini jadallashtirish va immigratsiya talabini yanada kuchaytirishga qaratilgan umumiy kampaniyaning bir qismidir. Oxirgi payt Amerika rasmiy idoralari berilgan viza yoki doimiy yashash huquqi (grin-karta)ni turli vaj bilan bekor qilish amaliyotini sezilarli darajada kuchaytirgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA