AQSH va Ko‘rfaz arab davlatlari Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini tayyorlamoqda
Qo‘shma Shtatlar Ko‘rfaz arab davlatlari bilan birgalikda BMT Xavfsizlik Kengashiga Hurmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘ygani uchun Eronni qoralovchi yangi rezolyutsiya tayyorlamoqda.
AQSHning BMTdagi doimiy vakili Maykl Uols so‘zlariga ko‘ra, yangi tashabbus Bahrayn, Kuvayt, Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hujjatga savdo kemalariga hujumlarni to‘xtatish, dengizga minalarni joylashtirish, bo‘g‘oz orqali o‘tuvchi kemalardan to‘lov undirish kabi bandlar kiritilgan.
S.Rahimov, O‘zA