AQSH va BAA SI bo‘yicha qo‘shma harbiy ishchi guruh tuzmoqchi
AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, 28-iyul kuni AQSH va Birlashgan Arab Amirliklari mintaqaviy xavfsizlik, harbiy razvedka hamda infratuzilmani himoya qilish uchun sun’iy intellekt imkoniyatini kengaytirish maqsadida “Task Force Talon Synapse” nomli ilk ikki tomonlama harbiy ishchi guruh tuzdi.
Ta’kidlanishicha, “Talon Synapse” guruhi Abu-Dabi shahrida joylashadi va tuzilma tarkibiga 20 ga yaqin mutaxassis kiritiladi. Loyiha tez kunlarda rasman ishga tushiriladi. Guruh faoliyati yo‘nalishlari razvedka ma’lumotini qayta ishlash, muhim infratuzilma manzillarini muhofaza qilish hamda mintaqadagi umumiy xavfsizlik vaziyatini doimiy kuzatib borish uchun zamonaviy SI ishlanmalarini tatbiq etishdan iborat bo‘ladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA