AQSH Qozog‘istonga “Raven” dronini taqdim etdi
Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonga respublika chegarasini kuzatishda yordam beradigan uchuvchisiz uchish apparatlari yetkazib berdi.
Bu haqda Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
— AQSHning Qozog‘istondagi elchixonasi harbiy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik departamenti mamlakat chegara xizmati bilan birgalikda yaqinda “Raven” dronidan foydalanish bo‘yicha treningni yakunladi, — deya xabar berdi “Armenpress”.
— Diplomatik missiya ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston o‘z chegaralarini kuzatishda Amerika taqdim etgan “Raven” dronidan foydalanadi.