AQSH Osiyoda eng yirik mudofaa mashqini boshladi
“Bloomberg” agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSH Yaqin Sharqdagi urush sharoitida Xitoyga qarshi kurashish uchun Filippin bilan birga eng yirik mudofaa mashqini boshlagan.
Harbiy mashg‘ulot rekord darajadagi qo‘shin bilan o‘tkazilyapti. Dengiz va jangovar o‘q otish mashqiga 17 000 dan ko‘p askar jalb qilingan. Ishtirokchi davlatlar orasida Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Fransiya ham bor.
Nashr ta’kidlashicha, mazkur amaliyot Xitoy bir necha harbiy kemasini mashg‘ulot olib borish uchun Tinch okeani g‘arbiga jo‘natgan kuni ertasiga boshlangan. Darvoqe, Yaponiya bu guruhga ilk bor qo‘shildi.
S.Rahimov, O‘zA