AQSH neft zaxirasi 1983-yildan beri eng past darajaga tushdi
CNN xabar berishicha, Eron bilan urush oqibatini yumshatish uchun zaxiradan foydalanish davom etayotgan bir paytda, AQSH strategik neft zaxirasi 1983-yildan keyingi eng past darajaga tushib qolgan.
Federal statistika ma’lumotiga ko‘ra, AQSH rasmiylari o‘tgan hafta yana 8,9 million barrel qo‘shimcha neft chiqardi. Natijada zaxira hajmi 2023-yil iyul oyida qayd etilgan avvalgi eng past ko‘rsatkichdan kam – 340,3 million barrelga tushdi.
Ta’kidlanishicha, strategik zaxirada oxirgi marta eng kam xom ashyo bo‘lgan davr, 1983-yil iyul oyida, Reygan ma’muriyati birinchi marta zaxira tashkil qilgan payt kuzatilgan. Ya’ni, hozir Tramp ma’muriyati uchun strategik zaxira energiya narxi ko‘tarilishini cheklash va iqtisodiyotga bosimni yumshatish uchun asosiy vositalardan biriga aylangan.
S.Rahimov, O‘zA