AQSH Kanada mahsulotlariga 50 foiz boj belgiladi
Prezident Donald Tramp milliy va iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek sanoat sohasini himoya qilish maqsadida po‘lat, alyuminiy, avtomobil va farmatsevtika mahsulotlariga qo‘shimcha tarif joriy qildi.
Shundan so‘ng 2026-yil birinchi yarmida AQSH ishlab chiqarishi barqaror o‘sib, mamlakatga trillionlab dollarlik sarmoya oqib keldi va yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Kanada esa Amerika bilan savdo to‘sig‘ini hal qilish o‘rniga kamsituvchi cheklov kiritishni ma’qul ko‘rdi. Bunga javoban AQSH ma’muriyati shimoliy qo‘shni davlatdan keladigan aksar tovarlarga 50 foizlik yangi boj to‘lovini joriy etdi. Ushbu qaror ichki mahsulotlar uchun teng huquqli savdo sharoitini qayta tiklash va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga qaratilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA