AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi
Davlat kotibi Entoni Blinken yana bir bor AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Blinkenning Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan telefon orqali muloqotida AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlashi masalasi muhokama qilingan.
Bayonotga ko‘ra, Isroil XAMASning terror hujumidan himoyalangani ta’kidlangan. Bundan tashqari, Blinken Isroil xalqiga hamdardlik bildirarkan, Qo‘shma Shtatlar garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish uchun sa’y-harakatni davom ettirayotganini tasdiqlagan.