AQSH BMTni biryoqlamalikda ayblamoqda
Bugun Jenevada o‘tkazilgan BMTning Inson huquqlari Kengashi maxsus sessiyasida G‘azo sektoridagi vaziyatga biryoqlama baho berilgan, deb hisobladi AQSH tomoni.
Bugun Jenevada o‘tkazilgan BMTning Inson huquqlari Kengashi maxsus sessiyasida G‘azo sektoridagi vaziyatga biryoqlama baho berilgan, deb hisobladi AQSH tomoni.TASSning yozishicha, BMT sessiyasida Amerika vakili chiqish qilib, G‘azo sektoridagi zo‘rovonliklarda asosiy aybdor “Xamas” ekanligini ta’kidlagan.
Vakilning bildirishicha, AQSH G‘azo bo‘ylab boshlanayotgan zo‘ravonliklardan xavotirda. Ammo, bugungi sessiyada vaziyatga baho berishda yaqinda bo‘lgan tajovuzlarning asl sababchisi “Xamas” ko‘zdan qochirildi. G‘azo sektoridagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha tashkil etiladigan komissiya haqidagi rezolyutsiyaloyihasi haminson va jamiyat huquqlarining buzilishi hisoblanadi.
Sessiyada AQSH tomoni shuningdek,BMT Inson huquqlari Kengashini Isroilga qarshi harakatlarda ayblab, jahonning boshqa mintaqalaridagi zo‘ravonliklar darajasi bilan taqqoslaganda G‘azodagi vaziyat“arzimas” ekanligini aytib o‘tgan.
Avvalroq, BMTning maxsus sessiyasida tashkilotning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn Isroil harbiylari tomonidanG‘azo sektorida olib borayotgan harakatlarda joriy yilning 30 martidan buyon 87 falastinlik halok bo‘lgani, xususan qurbonlar orasida12 nafar bola borliginima’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu haftaning ilk kunida G‘azo chegarasida Isroil harbiylariva falastinliklar o‘rtasida qonli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra to‘qnashuv oqibatida 60 falastinlik halok bo‘lib, 2,8 mingdan ziyod kishi jarohat olgan.