APL grandlari PSJ iste’dodiga qiziqmoqda
PSJ munosib taklif tushsa, uni qo‘yib yuborish ehtimolini istisno qilmayapti.
Angliya Premyer ligasining bir qator top klublari PSJning 18 yoshli vingeri Ibrahim Mbayeni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yosh futbolchi uchun «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Siti» kurash olib bormoqda.
Shuningdek, «Tottenhem», «Bayer» va «Borussiya Dortmund» klublari ham futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ibrahim Mbaye PSJ akademiyasining eng istiqbolli tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini inobatga olgan holda, PSJ munosib taklif tushsa, uni qo‘yib yuborish ehtimolini istisno qilmayapti. Biroq Parij klubi futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.
Yaqinda Ibrahim Mbayening agenti sifatida taniqli portugaliyalik futbol agenti Jorje Mendesh ish boshlagani ham qayd etildi.