Andijonda talabalarga talabalik guvohnomalari topshirildi
Mamlakatimizning barcha ta’lim dargohlarida bo‘lgani kabi Andijon davlat universitetida ham yangi o‘quv yili mashg‘ulotlari yuqori ko‘tarinkilik bilan boshlandi.
Universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirokida yangi o‘quv yili ochilishiga bag‘ishlangan tadbir yurtimiz madhiyasi bilan ochildi. Tadbirda universitet prorektori Rustamjon Mullajonov, tarix fanlari doktori, professor Rustamjon Shamsutdinov, fizika fanlari doktori, professor Raimjon Aliyev so‘z olib, tadbir qatnashchilarini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Joriy yilda universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 25 ta ixtisoslik bo‘yicha 1 ming 300 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.
Tadbirda bu yil Andijon davlat universitetiga kirish imtihonlarda eng yuqori ball to‘plagan talaba Zilola Egamberdiyevaga «Bilimlar kaliti», shuningdek, bir guruh talabalarga talabalik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-3772]
F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (surat),O‘zA