Andijonda qabul test sinovlarining birinchi kuni: 379 nafar abituriyent imtihonda ishtirok etmadi
FOTOREPORTAJ
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab 2026/2027 o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari boshlandi. Test sinovlari 23-iyulga qadar davom etib, ikki smenada o‘tkaziladi.
Andijon viloyatida ham test sinovlarining ilk kuni belgilangan tartib asosida tashkil etildi. Imtihonlarda ishtirok etayotgan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun hududlarda barcha zarur shart-sharoit va qulayliklar yaratildi.
Test sinovlarining birinchi kunida har ikki smenada jami 6 ming nafar abituriyentning ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi smenada 3 ming nafar abituriyentdan 229 nafari, ikkinchi smenada esa 3 ming nafar abituriyentdan 150 nafari turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi. Shu tariqa, birinchi kun davomida jami 379 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.
[gallery-30408]
Qabul jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, belgilangan tartib va talablarga muvofiq davom etmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA