Andijonda o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi
Andijon shahridagi “Xalqlar do‘stligi” sport majmuasida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Tantanali tadbirda ko‘plab fidoyi ustoz va murabbiylar davlatimiz rahbarining farmoniga binoan davlat mukofotlari hamda viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirning badiiy qismida badiiy jamoalar, o‘quvchilarning chiqishlari, taniqli san’atkorlar, estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan raqs, kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Bayram tadbiri o‘ziga xos mushakbozlik bilan yakuniga yetdi.
Ustoz va murabbiylarga a’lo kayfiyat va bayram shukuhini hadya etayotgan bu kabi tantanalar viloyatning barcha tuman va shaharlarida etmoqda.
[gallery-13840]
Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA