Andijonda mustaqillik shukuhi
Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi qoshida tashkil etilgan "Volontyorlar maktabi" a’zolari tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Yurtdoshlarimizga bayram shukuhini ulashish maqsadida 100 dan ziyod jamoat va shaxsiy avtomashinalar hamda 200 dan ziyod smartfonlarga maxsus bayram stikerlari tarqatildi.
Mazkur tadbirlar Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlari bo‘ylab davom etadi.
Suratlarda:
[gallery-3706]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA