“Amirsoy”ga olib boruvchi yo‘lda tuproq ko‘chdi
Ayni damda me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi natijasida "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida tuproq ko‘chishi sodir bo‘lib, yo‘l qatnov qismida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan vujudga kelgan noqulayliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zA