Amerikalik mutaxassis TDT afzalligi haqida
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tadbirkorlik-biznes masalasi bo‘yicha ekspert, professor Uesli Xill “Kazinform” muxbiriga bergan intervyusida Turkiy davlatlar tashkilotining afzalligi va kelajagi xususida fikr bildirdi.
Mutaxassis AQSH TDT mustahkamlanib borayotganini ta’kidlarkan, 2023 yil Qozog‘istonda o‘tkaziladigan o‘ninchi sammitga tayyorgarlik ishlarini ham yuqori baholadi.
Xillning fikricha, TDT quyidagi afzal jihatlarga ega: tuzilma mintaqaviy va madaniy aloqani mustahkamlaydi. Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon orqali Yevropaga ishonchli yuk tashish yo‘lagini yaratadi va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishga ko‘maklashadi.
– AQSH tashkilot doirasida amalga oshirilayotgan moliyaviy, logistik va energetik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi, TDTni zarur energiya resurslariga ega muhim tuzilma sifatida ko‘radi, – deydi taniqli biznes eksperti. – Amerika tomoni bu tashkilotni Yevropa energiya bozoridagi raqobatchi, deb hisoblamaydi. Zero, YeIning energiya resurslariga talabi juda yuqori.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA