Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi (APA) delegatsiyasi O‘zbekiston davlat sport akademiyasida bo‘ldi
Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi (APA) delegatsiyasi O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar akademiya infratuzilmasi, jumladan, sport inshootlari, mehmonxona, psixologiya xonalari, auditoriyalar hamda Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.







Shuningdek, akademiya va uning huzuridagi tashkilotlar psixologlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbir davomida akademiya faoliyatiga oid videorolik va taqdimotlar namoyish qilindi. APA Xalqaro ta’lim hamkorlik dasturi doirasida seminar-trening ham o‘tkazildi.
Qayd etilganidek, mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, psixologiya sohasida ilg‘or tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zA