Amaliy bezak sanʼati ustasi
Andijonlik Muhabbat Toshmatova ajdodlardan meros amaliy bezak sanʼati – kashtachilik bilan shugʻullanadi.
Andijonlik Muhabbat Toshmatova ajdodlardan meros amaliy bezak sanʼati – kashtachilik bilan shugʻullanadi.
“Hunarmand” uyushmasi aʼzosi Muhabbat opa yaratgan palak, soʻzana, joynamoz, paranji, chopon, choynak yopqich kabi kashtachilik namunalari nafisligi, rang-barang naqshli kompozitsiyalari bilan eʼtiborni tortadi. Kashta bilan bezak berib tikkan pardalariga ayniqsa, buyurtmachilar talabi yuqori.
Kashtadoʻz ayni paytda Registon majmuasidagi Milliy hunarmandchilik ustaxonasida faoliyat yuritmoqda. Bu yerda opaga izdosh oʻnlab yoshlar undan kashtachilik sir-asrorlarini qunt bilan oʻrganmoqda.

