Alimentni bir yo‘la to‘lasa bo‘ladimi?
Yuridik klinika
– Savol: 18 yoshgacha bo‘lgan alimentning barchasini oldindan to‘lab bersam bo‘ladimi?
– Javob: Ha, albatta, bo‘ladi.
Ushbu vaziyatga quyidagilarni asos qilib keltirsak bo‘ladi:
– aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o‘z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag‘ olayotgan joyida to‘lanadi.
– voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga muvofiq qonunda belgilangan miqdorlarda (ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun –to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun – uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida) ushlab qolinadi.
– voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun (18 yoshgacha), shu jumladan, ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo‘li bilan oldindan to‘lanishi mumkin.
Demak, siz bemalol yuqoridagilardan kelib chiqqan holda oldindan alimentning barcha miqdorini to‘lashingiz mumkin.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 137-moddasi.
Ushbu material TDYUUning «Yuridik klinika»si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA