«ALANGA» Xalqaro bolalar festivali o‘tkazildi (+video)
O‘zbekiston bolalar tashkiloti va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan festivalda 1 hafta davomida turli tadbirlar, master-klass jarayonlari, liboslar ko‘rgazmasi va qiziqarli chiqishlar o‘tkazildi.
Festivalining eng muhim bosqichi — Grand Final va taqdirlash marosimi Magic City Park hududida tashkil etildi.
Kun davomida ishtirokchilar umumiy repetitsiyalar, saundchek va yakuniy tayyorgarlik jarayonlaridan o‘tdilar. Uslubchilar, vizajistlar va rejissyorlik jamoasi bilan ishlash orqali xalqaro darajadagi sahna ko‘rinishi yaratildi. Kechqurun festivalning asosiy shousi bo‘lib o‘tdi, unda hakamlar hay’ati turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni e’lon qildi.
Eng yaxshi modellar, vokalistlar, aktyorlar va ijodiy jamoalar taqdirlandi. ALANGA Grand Final — san’at, moda va sahna uyg‘unlashgan yirik madaniy voqea bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qVfMyZH9QAQ" title="«ALANGA» Xalqaro bolalar festivali o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Ziyovuddin NURIDDINOV, Oybek DAVRONOV (video), O‘zA