Aktyor Irfon Xon vafot etdi
Taniqli hind aktyori Irfon Xon 53 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Taniqli hind aktyori Irfon Xon 53 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda sanʼatkorning vakiliga tayangan holda “Gulf News” nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, bundan bir necha yil oldin shifokorlar Irfonning tanasida neyroendokrin oʻsimta bor, deya tashxis qoʻyishgan. Shundan soʻng aktyor moʻljaldagi filmlarda tasvirga olish ishlarini bekor qilishga majbur boʻldi. Binobarin, nashrning maʼlum qilishicha, oʻlimga olib kelgan sabab boshqa bir xastalik, yoʻgʻon ichakka tushgan infeksiya bilan bogʻliq emish.
Irfon Xon “Xarobadan chiqqan millioner”dan tashqari “Yura davri dunyosi”, “Pi hayoti”, “Yangi oʻrgimchak-odam”, “Inferno” singari filmlari orqali jahon kino ishqibozlari orasida tanilgan edi.