Akademik litseyda anʼanaviy dars boshlandi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi shahardagi namunali taʼlim muassasalaridan.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi shahardagi namunali taʼlim muassasalaridan. Ayni paytda 661 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan taʼlim dargohida anʼanaviy darslar boshlandi. Ularga 80 nafardan ziyod malakali pedagoglar taʼlim-tarbiya bermoqda.
Taʼkidlash lozimki, oʻquvchilarga akademik litseyda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim beriladi. Taʼlim dargohida iqtidorli oʻquvchilar koʻp. Buni joriy oʻquv yilida litseyni tamomlagan bitiruvchilarning 70 foizdan ortigʻi oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinganidan ham anglash mumkin.
– Litseyda barcha karantin talablariga amal qilgan holda darslar boshlandi, – deydi taʼlim muassasasi direktori Akmaljon Qudratov. – Buning uchun barcha tashkiliy masalalar hal qilindi. Har kuni darsga kelayotgan har bir oʻquvchining harorati oʻlchanadi. Barcha oʻquvchilar antiseptik vositalar va niqoblar bilan taʼminlangan. Bundan tashqari, holatni nazorat qilib turish uchun tibbiyot xodimlari ham jalb qilingan. Sinfxonalarda oʻquvchilar masofa saqlagan holda oʻtiradi.