AIA: mintaqa davlatlari va Rossiyaga tahdid solinmaydi
Muvaffat hukumat Madaniyat va axborot vaziri Zabihulla Mujohidning “mamlakat barqarorligi uchun Afg‘oniston Islom Amirligi hududiy xavfsizlikni ta’minlashga mas’uldir”, degan so‘zlarini davlatning “Ariana News” telekanali namoyish etdi.
“Biz mintaqamiz va qo‘shni davlatlar, jumladan, Rossiyani Afg‘oniston tomonidan hech qanday tahdid yo‘qligiga ishontiramiz, bundan aslo xavotir olmasinlar”, deyiladi bayonotda.
Vazir Qo‘shma Shtatlar tomonidan maxsus amaliyot natijasida “Al-Qoida” tashkiloti yetakchisi Ayman az-Zavohiriyning o‘ldirilishi haqidagi ma’lumotni “tasdiqlashini” bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, mulozim Kobul havo hududini uchuvchisiz samolyotlar bilan qo‘riqlash uchun yuqori darajada Amerika vakillari bilan muzokara olib borayotganini ham qo‘shimcha qildi.