Ai-80 markali benzin narxi arzonladi
Bugun, 3-maydan eʼtiboran Oʻzbekistonda Ai-80 markali benzin narxi 500 soʻm arzonlab, 4000 soʻmdan sotila boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 3-maydan eʼtiboran Oʻzbekistonda Ai-80 markali benzin narxi 500 soʻm arzonlab, 4000 soʻmdan sotila boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 4-apreldagi Prezident qaroriga koʻra, 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali benzin chakana narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilindi.
Endilikda neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali benzin va dizel yoqilgʻisini (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilgʻisini) sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.