Agrosanoat islohotlari o‘z samarasini bermoqda (+video)
O‘zbekistonda agrosanoat islohotlari qishloq xo‘jaligini bozor mexanizmlariga o‘tkazish, tarmoqni raqamlashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda sohani rivojlantirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda:
Fermerlarga qulaylik yaratish maqsadida Agrasanoatni raqamlashtirish markazi tomonidan elektron platformalar va xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Qishloq xo‘jaligidagi subsidiyalar va davlat ko‘maklari Agrosubsidiya axborot tizimi orqali shaffof tarzda amalga oshirilmoqda.
Sohadagi jarayonlar va majmualar faoliyati hukumat qarorlari asosida Agroinspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA