Agarda chiptani qaytarib bermoqchi boʻlsangiz...
Avval xabar berilgani kabi, bir qancha yurtdoshlarimizga temir yoʻl chiptalarining pullari qaytarib berildi.
Avval xabar berilgani kabi, bir qancha yurtdoshlarimizga temir yoʻl chiptalarining pullari qaytarib berildi.
Biroq xalqaro va yurtimizning ichki yoʻnalishidagi temir yoʻl chiptalarining qaytarilishi bilan bogʻliq qator chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramay mazkur masala dolzarbligicha qolmoqda.
Shu munosabat bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ axborot-tahliliy media markazidan maʼlum qilishlaricha, karantin davri yakunlanganidan soʻng harakati vaqtincha toʻxtagan yoʻlovchi poyezdlariga olingan va foydalanilmay qolgan barcha chiptalarning pul mablagʻlarini (belgilangan tartibda va toʻliq hajmda, foizlari ushlanmagan holda) temiryoʻl chiptaxonalarida qaytariladi yoki chiptani boshqa sanaga qayta rasmiylashtirish mumkin boʻladi.
Agarda sizda savollar boʻlsa + 998712999450 (belgilangan hisobot blanklarida sotib olingan chiptalar boʻyicha), +998999819383 (sotib olingan elektron chiptalar masalasida) bogʻlanib javob olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, uzjeldorpass@mail.ru elektron pochta orqali ham murojaat etishingiz mumkin.
Agarda sizga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar bilan bogʻliq har qanday holat yuzaga kelgan hollarda sizdan “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi“ AJning +998712999450 ishonch telefoni orqali xabar berishingiz soʻraladi.