"Afrosiyob-palas" mehmonxonasi sotildi
Samarqand shahri markazidagi «Afrosiyob - palas» mehmonxona majmuasining auksion savdolari yakunlandi.
Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mehmonxona savdosiga 3 nafar ishtirokchi qatnashgan. Boshlang‘ich narxi 27,4 milliard so‘m bo‘lgan davlat aktivi 29 qadam bilan 43,3 milliard so‘mga sotildi.
Endilikda, ushbu davlat aktivini sotib olgan g‘olib 2022 yil 1 aprelga qadar 100 ta yangi ish o‘rni yaratib, xalqaro standartlarga mos keladigan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini to‘liq foydalanishga topshirishi kerak.