Afrika aholisining yarmi 25 yoshdan kichik bo‘ladi
Afrika hozirda demografik portlashni boshdan kechirmoqda, yaqin yillarda qit’a aholisining qariyb yarmi 25 yoshdan kichik bo‘lgan yoshlarni tashkil etadi, deydi Rossiya Afrikani o‘rganish markazi eksperti Vsevolod Sviridov RIA novostiga bergan intervyusida.
“Afrika aholisi hozir 1,44 milliard kishini tashkil etadi. 30 yildan keyin esa, hisob-kitoblarga qaraganda ushbu raqam 2,4 milliard kishiga yetadi”, – deydi u.
Ekspertning ta’kidlashicha, “bugungi kunda bu raqam dunyo ko‘rsatkichining 16 foizini tashkil etmoqda, 2050 yilga kelib u 25 foiz bo‘ladi”.
Demografik o‘sish sur’ati tezlashgan sayin fuqarolarning o‘rtacha yoshi pasaya boshlaydi. Binobarin, eng ko‘p yangi ishchi kuchlari aynan Afrikada paydo bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: 25 may Afrika qit’asida an’anaviy ravishda Afrika Kuni nishonlanadi.