Afg‘onistonda masjidda portlash sodir etildi
Portlash Qunduz viloyatidagi shialar masjidida sodir etilgan, deb ma’lum qilishgan guvohlar RIA Novostiga. Xabarda ta’kidlanishicha, bomba nomoz o‘qilayotgan paytda portlatilgan.
Boshqa bir guvohning aytishicha, qo‘poruvchilik oqibatida kamida 30 kishi qurbon bo‘lgan, 70 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu qo‘poruvchilik uchun javobgarlikni hali hech kim o‘z zimmasiga olmayapti.
Kuni kecha Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidida hamda Jalolobodda diniy madrasada ikkita terakt uyushtirilgan edi. Natijada jami 19 kishi halok bo‘lib, 50 ga yaqin kishi jabr ko‘rgandi.
Ushbu ikki teraktda ham “Islom davlati” jangarilaring qo‘li borligi ma’lum qilingandi.