Afg‘oniston Prezidenti tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 15 iyul kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan edi.
[gallery-3133]
Afg‘oniston Prezidenti Toshkent shahrida o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Prezident Muhammad Ashraf G‘ani amaliy tashrifini yakunlab, Afg‘onistonga jo‘nab ketdi.