Adolat va işonç davlat taraqqiyotining mustahkam huquqiy tayançidir
Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi bosib ötilgan tarixiy yölni sarhisob qiliş, erişilgan yutuqlarni qadrlaş va oldimizda turgan vazifalarni çuqur anglaş uçun muhim fursatdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy davlatçilik asoslari yaratildi, Boş qomusimiz qabul qilindi, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirildi.
Bugun taraqqiyotimiz haqida söz yuritar ekanmiz, faqatgina iqtisodiy ösiş, bunyodkorlik yoki zamonaviy infratuzilmani emas, balki insonning öz huquqlariga bölgan işonçini ham asosiy mezon sifatida baholaşimiz lozim. Zero, fuqaro öz haq-huquqi qonun bilan himoyalanişiga işonsa, tadbirkor öz mulki daxlsizligiga amin bölsa, jamiyatda adolatga nisbatan işonç mustahkamlanadi. Şu maʼnoda, qonun ustuvorligi va sud mustaqilligi davlat taraqqiyotining oddiy huquqiy talablari emas, balki jamiyat farovonligiga bevosita taʼsir körsatadigan muhim omillardir.
Huquqiy davlatning eng muhim belgisi — qonun oldida tenglikdir. Fuqaro ham, tadbirkor ham, mansabdor şaxs ham qonun talablariga birdek rioya etişi şart. Qonun ustuvorligi deganda, eng avvalo, heç kimning mavqei, mansabi yoki imkoniyati uning qonundan ustun turişiga asos böla olmasligi tuşuniladi. Bu tamoyil kundalik hayotimizda fuqaroning mulki qonuniy asoslarsiz olib qöyilmasligi, tuzilgan şartnoma şartlariga töliq rioya etilişi, yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplanişi va tadbirkorning faoliyatiga noqonuniy tösqinlik qilinmasligida namoyon böladi. Agar huquq buzilsa, uni tiklaşning samarali va adolatli mexanizmi işlaşi lozim.
2023-yilda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari, xususiy mulk himoyasi hamda odil sudlovga oid kafolatlarning mustahkamlanişi bu boradagi tarixiy qadam böldi. Biroq faqatgina qonunlarning mavjudligi özi bilan özi yetarli emas. Eng muhimi – ularning kundalik hayotda qay darajada işlaşi, odamlar muammolarini hal etişga qançalik xizmat qilişi va buzilgan huquqlarni tiklay olişidir.
Har qanday huquqiy davlatda sud hokimiyatining mustaqilligi markaziy ahamiyatga ega. Sud – fuqaro bilan davlat organi, tadbirkor bilan uning hamkori yoki mulkdor bilan boşqa şaxs örtasida yuzaga kelgan nizoni faqat va faqat qonun asosida hal etadigan mustaqil institut. Sudya qarorini taşqi bosim, noqonuniy aralaşuv yoki boşqa manfaatlar taʼsirida emas, balki xolis dalillar asosida qabul qilsagina, uning adolatliligiga işonç ortadi. Sud mustaqilligi faqat sudyaga bosim ötkazmaslik bilan çeklanmaydi. Bu jarayonda tomonlarning teng imkoniyatlarga ega bölişi, har bir taraf öz vaj va dalillarini erkin taqdim etişi hamda qabul qilingan qarorlarning asoslantirilişi juda muhim.
Şu örinda yana bir hayotiy masalaga eʼtibor qaratiş lozim: adolatli qaror çiqariş bilan birga, uning öz vaqtida ijro etilişi ham şart. Agar fuqaro sud orqali haq-huquqini tiklasa-yu, qaror amalda bajarilmasa, muammo töliq hal etildi, deb ayta olmaymiz. Demak, odil sudlovning haqiqiy samarasi sud majlisidagi jarayon bilan emas, balki buzilgan huquqning amalda tiklanişi bilan ölçanadi.
Mulk huquqi insonning iqtisodiy mustaqilligi va farovonligi tayançidir. Öz mehnati bilan mol-mulk orttirgan fuqaro uni qonuniy himoya qiliş imkoniyati borligiga işonişi kerak. Xuddi şuningdek, tadbirkor ham öz sarmoyasi va şartnomaviy manfaatlari himoyalanganini bilgan holdagina erkin faoliyat yurita oladi. Şartnomalarga rioya etilişi, qarzdorlikning qonuniy tartibda undirilişi, yetkazilgan zararning qoplanişi va mulkiy huquqlarning tiklanişi iqtisodiy munosabatlar barqarorligini taʼminlaydi. Huquqi himoyalanişiga işongan tadbirkor yangi loyihalarga mablağ kiritişga, iş örinlari yaratişga intiladi. Fuqaro ham öz qonuniy manfaatlari himoyada ekanini his qilsa, kelajakka işonçi ortadi. Şu boisdan qonun ustuvorligi faqatgina huquqşunoslar bahslaşadigan nazariy masala emas, balki har bir oilaning farovonligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanişi bilan çambarças boğliqdir.
Bugungi kunda sud-huquq tizimini yanada takomillaştirişda bir qator dolzarb vazifalarga markaziy eʼtibor qaratiş zarur. Avvalo, fuqarolarning sud himoyasidan foydalanişini osonlaştiriş, huquqiy maslahat oliş va sudga murojaat qiliş jarayonlarini imkon qadar soddalaştiriş talab etiladi. Bunda ehtiyojmand qatlam uçun amaliy kömak mexanizmlarini rivojlantiriş muhimdir. Şu bilan birga, sud amaliyotida qonun normalarining bir xil va izçil qöllanilişiga erişiş, öxşaş vaziyatlarda qarorlarning aniq huquqiy mezonlarga asoslanişi fuqarolar va tadbirkorlar uçun huquqiy aniqlikni oşiradi.
Odil sudlovning boş mezoni bölgan sud qarorlarining öz vaqtida ijro etilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş ham asosiy maqsadlardan biri sanaladi. Zero, huquqni tan oliş bilan uni amalda tiklaş örtasidagi tafovutni yöq qiliş adolatni qaror toptirişning muhim şartidir. Qolaversa, fuqarolik nizolarini sudgaça hal etişning muqobil usullarini, xususan, mediatsiya va muzokaralarni keng ommalaştiriş maqsadga muvofiq. Bu öz navbatida nizolarni ortiqça vaqt va xarajatlarsiz hal qiliş, taraflar örtasidagi insoniy munosabatlarni saqlab qoliş imkonini beradi. Bundan taşqari, sud tizimida raqamli xizmatlarni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalar orqali hujjatlar bilan işlaşni soddalaştiriş barobarida, şaxsiy maʼlumotlar va elektron axborot xavfsizligini taʼminlaş ham bugungi kunning muhim talablaridandir.
Eng muhimi, islohotlar natijasi qoğozdagi hujjatlar yoki taşkiliy özgarişlar bilan emas, balki odamlarning hayotida yuz bergan ijobiy özgarişlar bilan ölçanişi şart. Qonun ustuvorligini taʼminlaş faqat sud yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi emas. Bu jarayonda har bir fuqaroning huquqiy madaniyati, öz majburiyatlariga masʼuliyat bilan yondaşişi va özgalar huquqini hurmat qilişi hal qiluvçi örin tutadi. Şartnomaga rioya qiliş, özganing mulkiga daxl qilmaslik, nizolarni qonuniy yöl bilan hal etiş — huquqiy madaniyatning kundalik hayotdagi körinişlaridir. Ayniqsa, yoş avlodda qonunga hurmat, adolat tuyğusi va fuqarolik masʼuliyatini şakllantiriş nihoyatda zarur bölib, bunda taʼlim muassasalari, oila, mahalla va ommaviy axborot vositalarining hamkorligi katta ahamiyatga ega.
Ortga nazar taşlar ekanmiz, mamlakat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri aynan inson huquqlari va qonuniy manfaatlarining qay darajada himoya qilinayotgani ekanini yanada teranroq anglaymiz. Qonun ustuvor bölgan jamiyatda fuqaro öz haq-huquqini biladi, tadbirkor işonç bilan faoliyat yuritadi, mulkdor esa mol-mulkining daxlsizligiga tayanadi. Mustaqil sud uşbu işonçning huquqiy qalqoni hisoblanadi. Şu bois sud-huquq islohotlarini izçil davom ettiriş, odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş dolzarb vazifa bölib qolaveradi.
Zero, mustaqillikning haqiqiy qadri nafaqat erişilgan yutuqlar, balki har bir fuqaroning öz huquqlari himoyalanganiga, qonun oldida tengligiga va adolat qaror topişiga bölgan işonçi bilan belgilanadi. Adolat qaror topgan joyda işonç mustahkamlanadi, işonç bor joyda esa taraqqiyot uçun mustahkam zamin yaratiladi.
H. Xöjamatova, K. Bokubayev,
Qöqon davlat universiteti Milliy ğoya va huquq taʼlimi
kafedrasi stajyor-öqituvçilari.