“Adolat” partiyasida “ochiq eshiklar” kuni
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” kunida shahar va tumanlar umumta’lim maktablarining o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar dastavval siyosiy partiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi roli va o‘rni, saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan taklif va tashabbuslar mohiyati xususida so‘z yuritildi.
– Partiya faoliyatini 2019 yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kuzatib bordim, – deydi Toshloq tumanidagi 34-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Abdunosir Qodirov. – Saylovlardan keyingi jarayonlarda ham partiyaning ko‘plab loyihalarini ommaviy axborot vositalarida ko‘rdim. Partiya faoliyati menda qiziqish uyg‘otdi. bugungi tadbir bois partiya haqidagi tasavvurlarim yanada boyidi.
[gallery-994]
O‘quvchi-yoshlar partiyaning ishlash tartibi, loyihalari, yoshlarning qiziqishiga qarab ularni siyosiy jarayonlarga tayyorlash, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish singari amaliy jarayonlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA