Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni (+video)
Adliya vazirligi binosida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan vazirlikka jurnalistlar, jamoatchilik vakillaridan iborat 200 dan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar adliya tizimi faoliyatiga oid tashkil etilgan turli burchaklar bilan tanishdi.
Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta’lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan namunalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari qo‘yilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/q4dOBi7la2w" title="Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Bundan tashqari, Lex.uz faoliyati, «Adolat» Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, ochiq eshiklar kuni 6 yanvar kuni Samarqand, Namangan shaharlari hamda Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida ham bo‘lib o‘tadi.
Norgul Abduraimova, Doniyor Yakuborv (video), O‘zA muxbirlari