Adliya vazirligida mustaqillikning 35 yilligi munosib nishonlandi
Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov tizim xodimlarini ulug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mustaqillik yillarida adliya tizimida amalga oshirilgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida erishilgan natijalar hamda bu jarayonda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning hissasiga alohida to‘xtaldi.

Bayram tadbiri davomida davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan xodimlar, shuningdek, tizimda samarali va faol mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

Bu e’tirof – adliya tizimini rivojlantirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va davlat oldidagi vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlar mehnatiga berilgan munosib baho.
N.Abduraimova,
O‘zA