Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
A. Muxammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
A. Muxammadiyev o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan.
2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zA