Adliya vaziri Qo‘shrabotda dasturlar ijrosini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyatida “Kambag‘allikdan farovonlik sari!” dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Vazir, jumladan, Qo‘shrabot tumanining Xonnazar mahallasida bo‘lib, reyestrga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan chora-tadbirlar ijrosini o‘rgandi. Aholi bilan suhbatlashib, ularning muammolarini tingladi.
[gallery-21593]
Joriy yil ushbu mahallada Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 800 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratish hisobiga 40 nafar, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 12 nafar, Biznesga birinchi qadam dasturi asosida 43 nafar aholining bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Hududda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda Xitoy tajribasi qo‘llanilishi va bu jarayonda o‘ndan ortiq loyihaning amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Tuman mas’ullari bilan muloqotda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy muammolarini hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri