Adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq Kudratov Inomjon Sattorqulovich Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

Inomjon Kudratov mehnat faoliyati davomida adliya tizimida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlab, keng amaliy tajriba to‘plagan. Jumladan, u Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida Notariat, advokatura va FHDYO organlari bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
Shu bilan birga, Adliya vazirligi tizimida Notariat, advokatura va FHDYO organlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – advokatura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
2020–2025-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi hamda qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib, qonunchilik jarayonlarini takomillashtirish va parlament nazoratini kuchaytirish yo‘nalishida amaliy hissa qo‘shgan.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri