Abdulxayeva Malika Maratovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz va o‘zbek tillarida kvazi-sinonimlarning funksional xususiyatlari” mavzusida
Abdulxayeva Malika Maratovnaning 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida kvazi-sinonimlarning funksional xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 15 mart kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100147, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel./Faks: (99871) 246-02-24
e-mail: nauka@nuu.uz