9 oyda 44,3 milliard dollarlik xorijiy investitsiya va kredit özlaştirilgan
Parlament quyi palatasi majlisida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Qudratovning “Hududlarda çet el investitsiya loyihalarini amalga oşiriş jarayonlarini monitoring qiliş, investitsiyaviy samaradorlikni baholaş va investorlar bilan işlaş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça olib borilayotgan işlar töğrisida”gi parlament söroviga javobi körib çiqildi.
Taqdim etilgan javobga köra, 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida 44,3 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiya va kredit mablağlari özlaştirilgan. Şu davrda qiymati 3,8 milliard dollar bölgan 106 ta yirik loyiha işga tuşirilib, 13,8 mingta iş örni yaratilgan.
Şuningdek, investitsiya loyihalari ijrosini raqamli monitoring qiliş, ularda yuzaga keladigan muammolarni öz vaqtida aniqlaş, maxsus iqtisodiy zonalar boşqaruvini takomillaştiriş hamda davlat kafolati ostida jalb etilgan xorijiy kreditlardan samarali foydalaniş böyiça ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Vazir javobida keltirilişiça, maxsus iqtisodiy zonalarning huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş maqsadida “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonunning yangi tahriri loyihasi işlab çiqilgan. Eksportçilarni qöllab-quvvatlaş çoralari mamlakatimizning xalqaro savdo majburiyatlariga muvofiqlaştirib borilmoqda.
Muhokamalarda investitsiyalar samaradorligini oşiriş, hududlarning mavjud salohiyati va ixtisoslaşuvidan kelib çiqib iqtisodiy qaytimi yuqori loyihalarni tanlaş, mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani kuçaytiriş lozimligi aytib ötildi.
Majlisda parlament söroviga javob böyiça tegişli qaror qabul qilindi.
M.Komilova,
ÖzA