Sportchilarimiz mahorati
Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2015-yilgi nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Moldovada o‘tkazmoqda.
Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2015-yilgi nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Moldovada o‘tkazmoqda.Yig‘in davomida sportchilarimiz xalqaro turnirda ishtirok etdi. 12 davlatdan 350 nafardan ortiq sportchi qatnashgan mazkur musobaqada hamyurtlarimiz 3 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
15 yoshdan katta bo‘lgan stol tennischilar o‘rtasida Qutbillo Teshaboyev, Rimma Gufranova hamda Fotima Hayitboyeva barcha raqibini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Gennadiy Levchenko va Islom Sultonov kumush medal bilan taqdirlandi. Mehroj Shamsitdinov hamda Olga Kim bronza medaliga sazovor bo‘ldi.