2022 yil terror xuruji 12 foiz kamaygan
AQSH Davlat departamenti terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha e’lon qilgan navbatdagi ma’ruzasida dunyo bo‘ylab ushbu illat miqdori 12 foiz tushgani keltirilgan.
Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, o‘tgan yil Amerika hukumati turli mamlakatlarda 7 342 terror hodisasini qayd etgan. Ushbu voqealar natijasida jami 21 943 inson qurbon bo‘lib, 12 470 kishi jarohat olgan, 4 508 fuqaro o‘g‘irlab ketilgan.
– 2022 yil terror harakati 2021 yildagidan 12 foiz ozaydi, – deyiladi hisobotda. – Halok bo‘lganlar 7, jarohatlanganlar 27, o‘g‘irlanganlar ess 20 foiz kamaygan.
O‘tgan yil amalga oshirilgan terror xurujining 84,9 foizi uch mintaqa –G‘arbiy Osiyo, Afrikadagi janubiy Sahroi Kabir hamda Janubiy Osiyoga to‘g‘ri kelgan.
Eng ko‘p holat Kongo Demokratik Respublikasi, Suriya, Nigeriya, Pokiston, Hindiston, Iroq, Yaman, Myanma, Burkina-Faso va Somalida uchragan.