2020 yil AQSH tarixidagi eng ayanchli yil bo‘ldi
Politico gazetasi AQSH kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2020 yil o‘lim eng ko‘p bo‘lgan yil sifatida AQSH tarixida muhrlanadigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 2020 yilda uch milliondan ortiq odam vafot etgan. Koronavirus vafot etish sabablari ichida yurak xastaliklari va saratondan keyin uchinchisi bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, COVID-19 AQSHda o‘lim holatlarini 15 foizga oshirgan.
Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 29 million kishidan oshgan, 529 ming kishi pandemiya sababli vafot etdi.
AQSHda o‘tgan yil dekabr oyida boshlangan emlash jarayoni hozir ham davom etmoqda. Mamlakatda uchta vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ularning ikkitasi bilan ikki marta emlash talab etiladi.