2017-yil tashqi siyosatda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.Davlatimiz rahbari 2017-yil tashqi siyosat borasida ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lganini qayd etdi.
O‘tgan yili xorijiy sheriklarimiz bilan 200 dan ortiq xalqaro shartnomalar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qiymati qariyb 60 milliard dollarlik kelishuv va bitimlar imzolandi, dedi Prezidentimiz.