“2+2” o‘quv dasturi: talabalar Belarus Respublikasiga jo‘nab ketdi
Navoiy davlat pedagogika institutining O‘zga tilli guruhlarda rus tili hamda psixologiya: amaliy psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari o‘qishni davom ettirish maqsadida rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Feruza Jumayeva rahbarligida Belarus Respublikasiga jo‘nab ketdi.
2019 yilda Navoiy davlat pedagogika instituti va Polotsk davlat universiteti o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, ma’muriy, tashkiliy, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda tegishli yo‘nalishlar, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik sohasida tajriba almashish, hamkorlikda muntazam o‘tkazib kelinayotgan onlayn konferensiyalar ko‘lamini yanada kengaytirish va ilmiy maqolalar chop etish belgilangan edi. Shuningdek, ikkala oliygoh o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha “2+2” ta’lim dasturi bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Dastlab talabalar Polotsk davlat universitetidagi o‘quv jarayonlari va talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishadi, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etadi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA