17 yoshli Meksika iste’dodi JCHdan so‘ng bitiruv marosimiga ham ulgurdi
Mora JCH–2026da Meksiya safida uch marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Meksiya terma jamoasining 17 yoshli yarim himoyachisi Xilberto Mora JCH–2026dagi ishtirokini yakunlagach, o‘zining maktab bitiruv marosimiga ham ulgurdi.
Meksika 1/8 finalda Angliyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. Shundan so‘ng Mora attestat topshirish marosimida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan.
Mahalliy OAVning yozishicha, 17 yoshli futbolchi nafaqat o‘z avlodining eng iqtidorli futbolchilaridan biri, balki sinfdagi eng yaxshi o‘quvchilardan ham biri bo‘lgan. U ayniqsa matematika va ingliz tili fanlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan. Ingliz tilini mukammal o‘rganayotgani uning kelajakda Yevropa klublariga transferi bilan ham bog‘lanmoqda.
Mora JCH–2026da Meksiya safida uch marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ekvadorga qarshi 2:0 hisobidagi bahsda u 17 yosh-u 259 kunligida jahon chempionati pley-offida asosiy tarkibda maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu borada undan oldingi rekord faqat 1958-yilgi mundialda 17 yosh-u 239 kunligida Braziliya safida Uelsga qarshi o‘ynagan afsonaviy Pelega tegishli.
Ma’lumot uchun, Xilberto Mora Meksiyaning «Tixuana» klubi sharafini himoya qiladi.