15 sotixli tomorqadan 10 tonna uzum
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining Xo‘jand mahallasida 3025 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning asosiy drayveri uzumchilik bo‘lib, 400 dan ortiq xonadon daromadi shu sohadan.
Bir mavsumda mahallada 1000 tonna atrofida uzum yetishtiriladi.
[gallery-8831]
Uzumchi Komil ota Yusupovni nafaqat To‘raqo‘rg‘on, Namangan, balki butun O‘zbekistonda yaxshi bilishadi. Uning 15 sotixli tomorqasida 150 tup uzum bor. Usta dehqon yiliga o‘n tonna hosil yig‘ishtiradi.
–Ushbu bog‘larni o‘tgan asrning 60-yillarida otam barpo etgan, - deydi sohibkor Komiljon ota Yusupov. – O‘shandan beri butun oilaga, qavm-qarindoshga baraka ulashmoqda. Hozir ayni, hosil yig‘ish payti. Uzumni tez uzib, bozorga, xaridorga yetkazish lozim. Ehtiyojdan ortganini esa sovutgichga yuboryapmiz.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA