14 Oktyabr voqeiliklari "Qisqa xabarlar"da
Bugungi dasturimizda O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketgani vaPrezident farmoni loyihasiga ko‘ra, noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilishi rejalashtirilayotgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
DXX Bekobodda pora evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi.
Turkiya chempionatida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi turkiy davlatlarning futbolchilari mamlakat chempionatida xorijiy futbolchilar emas, balki turkiy davlat futbolchilari sifatida qayd etilishi mumkinligi o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA